Zamonaviy gaz qozonlari o'z-o'zini diagnostika qiluvchi elektron boshqaruv platasi bilan jihozlangan. Har qanday nosozlik yuz berganda xavfsizlik tizimi gaz berishni to'xtatadi va ekranda xatolik kodini ko'rsatadi. Toshkentda isitish mavsumida ko'pincha Baxi, Navien, Royal, Ariston, Immergas, Ferroli, Viessmann qozonlari ishlatiladi.
Toshkentda eng ko'p uchraydigan qozon xatolik kodlari jadvali
Quyidagi jadvalda Toshkent shahri va viloyatida eng ko'p uchraydigan qozon xatoliklari va ularni bartaraf etish yo'llari jamlangan:
| Qozon markasi | Xatolik kodi | Nosozlik mazmuni | Asosiy sababi | Uy egasining harakati |
|---|---|---|---|---|
| Baxi | E01 | Alangalanish yo'q / gaz bloklandi | Gaz krani yopiq, datchik ifloslangan, plata nosozligi | Gazni tekshirish, Reset (3 soniya). Takrorlansa — usta chaqirish |
| Baxi | E10 | Isitish bosimi past (<0.5 bar) | Quvurlardan suv ketishi, kengayish baki nosozligi | Qozon ostidagi suv to'ldirish kranini ochib 1.2–1.5 bargacha ko'tarish |
| Baxi | E03 | Tutun chiqarish / tortish xatosi | Mo'ri tiqilib qolgan, pressostat yoki ventilyator nosoz | Tashqi mo'rini tekshirish, ustani chaqirish |
| Baxi | E25 / E26 | Nasos bloklanishi / qizib ketish | Sirkulyatsion nasos tiqilgan, issiqlik almashtirgich kir bo'lgan | Qozonni qayta yoqmang, nasosni qulfdan chiqarish talab etiladi |
| Navien | E03 | Alanganing uzilishi | Tarmoqda gaz bosimi past, alanga datchigi kirlangan | Gaz kranini tekshirib, qozonni o'chirib-yoqish |
| Navien | E02 | Suv kamligi / qizib ketish | Tizimda havo bor, nasos aylanmayapti, kranlar yopiq | Bosimni tekshirish, batareya kranlarini ochish |
| Navien | E10 | Tutun chiqarish tizimi nosozligi | Pressostat naychalarida kondensat to'plangan | Naychalarni tozalash va ventilyatorni tekshirish |
| Royal (Artel) | E1 | Alangalanish xatosi | Gaz kelmayapti, zajigalka kabeli uzilgan, klapan nosoz | Uyda gaz borligini tekshirish, xatoni bekor qilish |
| Royal | E4 | Tizimda bosim tushib ketdi (<0.8 bar) | Isitish suvi sathi normadan pastga tushgan | Ko'k to'ldirish krani orqali 1.5 bargacha suv qo'shish |
| Royal | E2 | Qizib ketish termostati ishladi | Issiqlik almashtirgichda qasmoq qatlami, nasos to'xtagan | Buster yordamida kimyoviy tozalash talab etiladi |
| Ariston | 108 | Isitish konturida bosim yetishmovchiligi | Manometr 0.6 bardan pastga tushgan | Pastki ko'k kranni ochib 1.2–1.5 bargacha ko'tarish |
| Ariston | 501 | Yondirishda alanga yo'q | Gaz klapani ochilmayapti, elektrod kirlangan | Boshqaruv panelidagi Reset tugmasini bosish |
| Ariston | 101 | Birlamchi konturning qizib ketishi | Suv aylanishi yomon, radiatorlar havolangan | Qozonni sovitish, mutaxassis ko'rigi zarur |
| Immergas | 01 | Alangalanish blokirovkasi | Plata alangani ko'rmayapti, gaz bosimi past | Reset tugmasini bosish, gazni tekshirish |
| Immergas | 10 | Tizimda past bosim | Bosim ko'rsatkichi 1 bardan past | To'ldirish kranini ochib normaga yetkazish |
| Ferroli | A01 | Gorelka yonmayapti | Uchqun yo'q, forsunka tiqilgan, gaz yetarli emas | Reset tugmasi orqali qayta ishga tushirish |
| Ferroli | F37 | Suv bosimi noto'g'ri | Isitish suvi normadan kamayib ketgan | Tizimga suv to'ldirish (1.5 bar) |
| Viessmann | F4 | Yonish avtomati bloklangan | Ionizatsiya datchigi yoki plata zanjiri uzilgan | Elektronikani diagnostika qilish uchun usta chaqirish |
Qozon buzilishining keng tarqalgan belgilari (Nega qozon ishlamayapti)
1. Qozon issiq suv bermayapti, lekin batareyalar issiq
Toshkentdagi xonadonlarda eng ko'p uchraydigan muammo. Qozonda isitish va issiq suv o'rtasida suv oqimini uch yo'lli klapan yo'naltiradi. Agar krandan sovuq suv kelsa va kranni ochganda batareyalar yanada qizib ketsa — uch yo'lli klapanning mexanik qismi qotib qolgan yoki elektr motori kuygan. Ikkinchi sabab — Toshkent suvi juda qattiq bo'lgani sababli ikkilamchi plastinkali issiqlik almashtirgich (teploobmennik) qasmoq bilan tiqilib qolgan.
2. Qozonda bosim doimiy tushib ketyapti (har kuni suv qo'shish kerak)
Agar siz har kuni pastki to'ldirish kranidan suv qo'shayotgan bo'lsangiz:
- Kengayish baki (rasshiritelniy bak) ishdan chiqqan: rezina membranasi yirtilgan yoki havosi chiqib ketgan. Suv qiziganda kengayishga joy yo'q bo'lib, bosim 3 bardan oshadi va xavfsizlik klapanidan yerga to'kiladi. Soviganda esa bosim nolga tushadi.
- Yashirin suv sizib chiqishi (utechka): tyopliy pol (issiq pol) quvurlarida yoki radiator ulanish joylarida mikrodarz bor.
3. Qozon yoqilganda qattiq portillab yonadi
Gaz kameraga kirib bo'lgan, lekin uchqun bir necha soniya kechikib berilsa, qattiq ovoz bilan portillash sodir bo'ladi. Sabablari: gorelka forsunkalari kirlangan, zajigalka elektrodi eskirgan yoki minimal gaz bosimi noto'g'ri sozlangan.
4. Qozon choynak kabi qaynaydi, shovqin qiladi va g'uvillaydi
Qozon ichidagi birlamchi issiqlik almashtirgich devorlariga qasmoq (nakip) o'tirgan. Mis quvur qizib ketadi va suv mahalliy ravishda qaynaydi. Bu holda maxsus buster uskunasi va kimyoviy reagentlar yordamida qozonni yuvish talab qilinadi.
5. Svet o'chib-yonishi yoki tok sakrashidan keyin plata yonmay qoldi
Toshkent va viloyatda kuchlanishning 170V dan 260V gacha sakrashi natijasida qozonning boshqaruv platasi kuyadi. Bizning ustalar qimmatbaho yangi platani sotib olishni talab qilmaydi, balki platani joyida lehimlash va ta'mirlash xizmatini taklif etadi.
Usta yetib kelguncha nimalarni tekshirish mumkin
- Gaz: qozon trubasidagi sariq gaz krani ochiqligini va oshxonadagi gaz plitasida gaz borligini tekshiring.
- Tok va vilkasi: vilkani rozetkadan sug'urib, 180 gradusga teskari aylantirib qayta tiqing (ko'p qozonlar faza sezgir hisoblanadi).
- Bosim: manometrga qarang. Agar u 1 bardan past bo'lsa, qozon ostidagi suv to'ldirish kranini sekin ochib, 1.5 bargacha ko'taring.
- Mo'ri (tutun quvuri): ko'chadagi tutun trubasi uchi muz yoki qor bilan yopilib qolmaganini tekshiring.
Muhim: Agar gaz hidi sezsangiz — darhol gaz kranini yoping, derazalarni oching, svetni yoqmang va zudlik bilan ustani chaqiring.
Qachon tezkor usta chaqirish kerak
Agar Reset tugmasi yordam bermasa, qozondan suv tomayotgan bo'lsa yoki displey umuman yonmasa — mustaqil ravishda gaz moslamalarini ochmang. TeploHolod ustalari Toshkentning barcha 12 tumanida hamda Chirchiq, Qibray, Keles va Zangiotada 24/7 navbatchilik qiladi. Chiqish vaqti — 35–50 daqiqa.